Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

“Humo” xokkey klubi “Mishkopad” xayriya tadbirini o‘tkazdi

“Humo” xokkey klubi “Mishkopad” xayriya tadbirini o‘tkazdi

1 fevral kuni Toshkent jamoasi muntazam chempionatning so‘nggi o‘yinini Ostona shahrining “Nomad” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. “Humo” 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, muxlislarini xursand qildi.

Uchrashuv yakunida arenada muxlislar juda yaxshi ko‘radigan xayrli an’ana – Mishkopad, ya’ni yumshoq o‘yinchoqlar yomg‘iri bo‘lib o‘tdi. Otilgan 1 312 ta yumshoq o‘yinchoq Humo Arena muz maydoniga tushib, barcha ishtirokchilarga unutilmas his-tuyg‘ularni taqdim etdi.

Endilikda ushbu o‘yinchoqlar kam uchraydigan og‘ir irsiy kasalliklarga chalingan bolalarga, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga yuboriladi. Aksiya “SMA UMID” va “ISHONCH” jamg‘armalari ko‘magida o‘tkazilmoqda.

“Humo” xokkeychilari uchun esa mavsumning eng muhim pley-off bosqichi oldinda. Jamoa unda chempionlik uchun kurashadi.

Kiritildi: 09:24 03.02.2025. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!