Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"HUMO" muammosi: keksalar naqd pul yechtirishda qiynalmoqda

"HUMO" muammosi: keksalar naqd pul yechtirishda qiynalmoqda

Bugun ish bilan bozorga, aniqrog‘i, Qoraqamishdagi "Tansiqboyev" dehqon bozoriga tushdim. Yo‘l-yo‘lakay plastikdan pul yechtirdim. Shu mahal yoshi kattaroq onaxon plastigidan pul yechib berishimni iltimos qildi. Rozi bo‘ldim. Ammo "HUMO" plastik kartasini menga uzatdi. "Ammo"ning sababi shuki, men pul yechgan bankomat bu plastik kartani qabul qilmasdi. Shunda onaxon ayni damda ko‘pchilik keksalarimizni o‘ylantirayotgan savol bilan murojaat qildi:

— Pulni qayerdan yechtiray, bolam?

Javob yo‘q. "Humo" plastik kartasidan pul yechadigan bankomat esa bu yaqin atrofda yo‘q. Ammo men yashaydigan mahallada pensiya oladigan keksalar ko‘p. Umuman, oddiy bankomat turadigan har bir joyda "HUMO" plastik kartasini qabul qiladigan bankomat ham turishi kerak.

"HUMO" milliy brend, bunga e’tiroz yo‘q. Ammo yuqoridagi kabi noqulayliklar shundoq ham miyasida "o‘zimizniki yaxshi emas", degan tushuncha muhrlanib qolgan xalqimizning ko‘nglidagi norozilikni yana oshiradi. Eng qizig‘i, ushbu muammo "HUMO" ochilganidan beri bor, ammo hanuz hamma hududda yetarlicha qulaylik yaratilmagan.

Ushbu holat, muammoga "HUMO"dan tezkor va samarali yechim kutamiz.

Nizomjon ISLOMOV

Kiritildi: 15:54 08.05.2020. O'qildi: 3253 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!