Hozirda Tehron va AQSh o‘rtasida muzokaralar olib borilmayapti — Eron TIV.
Abbos Aroqchining boshqa bayonotlari:
— Xabar almashish davom etmoqda, lekin bu muzokara emas. Hozircha muloqot uchun hech qanday asos yo‘q, ishonch darajasi nolga teng;
— Biz o‘t ochishni to‘xtatishni qabul qilmaymiz. Maqsadimiz esa urushga chek qo‘yish va bunday tajovuzlar boshqa takrorlanmasligiga kafolat olish;
— Biz Eron xalqiga va davlatiga yetkazilgan zarar ko‘lami uchun tovon puli to‘lanishini talab qilamiz;
— Ultimatumlarni qabul qilmaymiz. Hech kim biz uchun muddat belgilay olmaydi;
— Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hozirda ochiq, u faqat Eron bilan urush holatida bo‘lganlar uchun yopiq;
— Ba’zi davlatlar Eron bilan kelishuvga erishganidan keyingina bo‘g‘ozdan o‘tmoqda;
— Quruqlikdagi urushda biz raqiblardan ancha ustunmiz. Mamlakatimizga nisbatan har qanday quruqlikdagi tahdidga qarshi turishga to‘liq tayyormiz;
— Biz Fors ko‘rfazidagi do‘stlarimizga hujum qilmaymiz. Nishonimiz, afsuski, ushbu mamlakatlarda joylashgan AQSh ob’ektlari va qo‘shinlaridir;
— Ular Fors ko‘rfazi xalqidan "tirik qalqon" sifatida foydalanishmoqda;
— Mintaqadagi do‘stlarimiz bizdan shikoyat qilish o‘rniga, Vashington va sionistik rejim ustidan arz qilishlari kerak. Bu haqiqatdan ham adolatsizlikdir.