"Ko‘pchilikning o‘ylashicha, dunyodagi eng qudratli davlat – Qo‘shma Shtatlar ayrim mamlakatlarning ittifoqchisi bo‘lishi mumkin, ammo bu ittifoqchi unchalik ishonchli emas va unga suyanish mumkinligiga hech kim yuz foiz ishonmaydi", – deya fikr bildirdi Fransiya prezidenti Gresiyaga tashrifi chog‘ida.
Makron o‘z chiqishida Turkiya bilan mojaro yuzaga kelgan taqdirda, Fransiya Gresiyaga yordam berishiga va’da berdi.
"Agar Turkiya Gresiyaga tahdid qilsa, biz shu yerda bo‘lamiz, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Agar suverenitet xavf ostida qolsa, bilingki, biz shu yerda bo‘lamiz", – deya ma’lum qildi Fransiya prezidenti Gresiyaga tashrifida mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvda.
Shuningdek, Makron hozirda AQSH, Rossiya va Xitoy yetakchilari Yevropaga qarshiligini, shuning uchun yevropaliklar uyg‘onishi va tegishli choralar ko‘rishi lozimligini aytdi.