Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirgi neft bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan gaplashmoqchi emas, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.
Yaqinda Putin Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi, unda ikki prezident ham neft bozoridagi vaziyatni muhokama qilishdi.
"Hozir yo‘q", deya javob berdi Peskov Amerika prezidenti bilan aloqalar yaqin kelajakda rejalashtiriladimi, degan savolga.
Mart oyi boshida OPEK + ning neft qazib olishni qisqartirish yoki uni uzaytirish bo‘yicha kelishuv parametrlarini o‘zgartirishga rozi bo‘lmasliklari sababli neftning jahon narxlari tushib ketdi. Shunday qilib, 1 apreldan boshlab ishtirokchilarning hech biri xom ashyo qazib olishni cheklash majburiyatiga ega emas.