Hormuz bo‘g‘ozi orqali tashiladigan neft hajmi kuniga 10 million barreldan oshdi.
Bu haqda Bloomberg agentligi AQSh ma’muriyati rasmiysiga tayanib xabar bermoqda.
Muqobil yo‘llar orqali kuniga yana 5 million barrel neft tashilayotganini xabar qilinmoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Isroilning Eronga qarshi operasiyasidan oldin bu yo‘nalish orqali kuniga taxminan 20 million barrel neft tashilgan.
Avvalroq, Eronning Jenevadagi BMTdagi doimiy vakili Ali Bahrayniy Hormuz bo‘g‘ozi tijorat kemalari va xalqaro yuk tashish uchun ochilganini tasdiqlagan edi.