Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Rossiyada hashamatli hayot kechirmoqda

Hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Rossiyada hashamatli hayot kechirmoqda

Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Bashar Asad va uning oilasi Rossiyada hashamatli hayot kechirmoqda — The New York Times.

"Suriyadan qochib ketgach, ag‘darilgan prezidentning qarindoshlari avval Moskvadagi Four Seasons mehmonxonasida yashagan, keyin “Federasiya” minorasidagi penthausga, undan so‘ng esa Rublyovkadagi uyga ko‘chib o‘tgan. Mehmonxonadagi nomerlarni ijaraga olish narxi haftasiga 13 ming dollargacha yetgan", deya yozmoqda nashr manbalariga tayanib.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Bashar Asad Moskvadagi elita muassasalariga VIP mehmon sifatida tashrif buyuradi. Asadlar oilasi Rossiya maxsus xizmatlari himoyasi ostida bo‘lib, ular sobiq prezident va uning yaqinlari harakatlarini ham nazorat qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Asadlar oilasi “Moskva-Siti”da bir nechta kvartiraga ega, shuningdek, Rublyovkada ham uylari bor. Bashar Asad Suriyadan kamida 250 million dollar naqd pul olib chiqib ketgan.

Sobiq diktatorning ukasi Mohir Asad ham Moskvada yashaydi. Ilgari u Suriya Arab armiyasining 4-zirhli diviziyasiga – Suriya qo‘shinlarining elita bo‘linmasiga qo‘mondonlik qilgan. Bundan tashqari, Mohir Asad Yaqin Sharqda keng tarqalgan sintetik giyohvand modda kaptagonni ishlab chiqaradigan va sotadigan davlat narkokartelining amaldagi rahbari edi.

2024 yil dekabrida Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilgan, sobiq prezident esa Rossiyaga qochib ketgandi. Kreml rasmiy ravishda unga “gumanitar maqsadda” siyosiy boshpana berganini bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 16:43. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!