Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Hojat qistab turganda namoz o‘qish makruhmi?

Hojat qistab turganda namoz o‘qish makruhmi?
  1. Hojat kuchaymasdan oldin hojatxonaga borish. Hojat qistab turganda namoz o‘qish makruh. Shu sababli, hojatxonaga hojat tangligi kuchaymasidan oldin borish lozim. 
  1. Hojatxonaga oyat, hadislar yozilgan narsalar bilan kirmaslik. Xaloga oyat, hadis, Alloh taoloning va payg‘ambarlarning nomlari yozilgan narsalar bilan kirish mumkin emas. Ularni tashqariga qoldirish kerak. 
  1. Hojatxonaga bosh kiyim bilan kirish. Zero, boshyalang kirish makruhdir. 
  1. Hojatxonaga chap oyoq bilan kirish. 
  1. Kirishdan oldin ushbu duoni o‘qish:

بِسْمِ اللهِ، اَللّٰــهُمَّ إِنّيِ أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْخُبْثِ وَالْخَبَائِثِ

“Bismillahi, Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais”

“Allohim, Sendan erkak va urg‘ochi shaytonlardan panoh tilayman”. 

  1. Tana og‘irligini chap tomonga bosib o‘tirish. 
  1. Poklanadigan vositani toq ishlatish. 
  1. Istibro va istinjoni chap qo‘l bilan qilish.

Istibro – siydik chiqmay qolgunga qadar olat uchiga chap qo‘lda kesak kabi namlikni shimib oladigan narsani tutib turish. Erkaklarga uni qilish vojibdir. Buning uchun hojat o‘rnidan turib, peshob yo‘liga kesak tutib yurish, silkinish yoki yo‘talish kerak. Siydik yo‘lida hech narsa qolmaganiga to‘la ishonch hosil bo‘lgach, suv bilan tozalaniladi.

Istinjo – kesak kabi narsalar va suv bilan tozalanishdir. Chap qo‘l bilan qilish mustahabdir. 

  1. Hojatxonadan o‘ng oyoq bilan chiqish. 
  1. Chiqqandan so‘ng ushbu duoni o‘qish:

غُفْرَانَكَ

G‘ufronaka

“Allohim, Sendan mag‘firat qilishingni so‘rayman”.

الْأَذَىَ و عَافَانِي أَذْهَبَوَعَنِّي الَّذِي الْحَمْدُ لِلَّهِ

Alhamdu lillahillaziy azhaba ’annil aza va ’afaniy

“Mendan aziyatlarni ketkazib, ofiyatda qilgan Allohga hamd bo‘lsin”.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 17:19 07.11.2019. O'qildi: 4348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!