Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Hizbulloh» yana Isroilga raketa uchirdi

«Hizbulloh» yana Isroilga raketa uchirdi

SAXAL axborotiga ko‘ra, Livan tomonidan otilgan va Isroil havo kengliklarini kesib o‘tgan beshta raketa Zaritga, yana uchtasi esa Xar Dovga tushgan. Raketa tushgan hududlarda ogohlantiruvchi sirenalar chalinmagan.

SAXAL raketa uchirilgan manzillarga javob zarbalari yo‘llagan. Isroil Harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyoti «er – osmon» tipidagi raketa tizimiga zarba yo‘llagan. Livandagi Markaba shahrida joylashgan harbiy ob’ektga ham Isroil qiruvchi samolyotlari zarba yo‘llagan. SAXAL o‘z sahifalarida zarbalarning drondan olingan videolarini e’lon qilgan

Kiritildi: 22:03 05.07.2024. O'qildi: 1496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!