Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

«Hizbulloh» ramziy shahar uchun jang qilmoqda

«Hizbulloh» ramziy shahar uchun jang qilmoqda

Livan harakati va Isroil o‘rtasidagi janglar Bint-Jubaylda davom etmoqda — bu yerda Hasan Nasralla 2000 yilda Isroil ustidan g‘alabani e’lon qilgan edi.

«Hizbulloh» jangarilari Isroil kuchlari bilan Livan janubidagi Bint-Jubayl shahrida — Isroil chegarasidan besh kilometr uzoqlikda — yaqin jangga kirishdi. Bu shahar harakat uchun alohida ramziy ahamiyatga ega: aynan shu yerda 2000 yilda keyinchalik o‘ldirilgan «Hizbulloh» rahbari Hasan Nasralla Isroil qo‘shinlari ikki o‘n yillik okkupasiyadan so‘ng janubiy Livandan chiqib ketgani munosabati bilan tarixiy nutq so‘zlagan.

2006 yilda ham «Hizbulloh» jangarilari shu yerda Isroil hujumini qaytargan va shaharni saqlab qolgan edi.

Bint-Jubayldagi janglar Livanda davom etayotgan Isroil operasiyasi fonida kechmoqda — Tel-Aviv uni 2 martdan beri, AQSh va Eron o‘rtasidagi sulhga qaramay, olib bormoqda. 8 aprel kuni Isroil armiyasi Bayrutga ommaviy zarbalar berdi: bir necha daqiqa ichida 100 dan ortiq raketa poytaxtga yo‘naltirildi, evakuasiya haqida ogohlantirish berilmadi. Natijada 254 kishi halok bo‘ldi. Mojaro boshlanganidan beri Livanda halok bo‘lganlar soni 1700 nafardan oshdi, 5800 dan ziyod kishi jarohat olgan. Tomonlar pozisiyalari murosasizligicha qolmoqda.

«Hizbulloh» vakili harakat urushdan oldingi holatga qaytishni qabul qilmasligini bildirdi — o‘shanda Isroil 2024 yil noyabrdagi rasman amal qilgan sulhga qaramay, Livanga deyarli har kuni zarbalar berib kelgan edi. Binyamin Netanyaxu esa o‘z navbatida, Isroil «Hizbulloh»ga qarshi zarbalarni istalgan joyda davom ettirishini aytdi.

Kiritildi: Bugun 08:57. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!