Livanning “Hizbulloh” guruhi qo‘mondoni Muhammad Nosir o‘ldirilishiga javoban Isroilning beshta harbiy pozisiyasiga 200 dan ortiq raketa uchirdi. Bu haqda Washington Post xabar berdi.
Isroil g‘arbdagi Nahariyadan sharqdagi Golan tepaliklarigacha 90 daqiqa ichida 17 ta havo hujumidan ogohlantirish signallari berilganini e’lon qidi. Yahudiy davlati harbiylari Livandan “ko‘p sonli raketalar” uchirilgani va ularning aksariyati mudofaa tizimi tomonidan “tutib olinganini” aytmoqda.
Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Isroil armiyasi Livan janubidagi nishonlarga javob zarbalarini berganini aytgan.