Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Hindistonlik multimillioner «Liverpul» aksiyalarining bir qismini sotib olmoqchi

Hindistonlik multimillioner «Liverpul» aksiyalarining bir qismini sotib olmoqchi

Hindistonlik multimillioner Amit Bxatiya deyarli yigirma yil davomida «Kuinz Park Reyndjers» klubi aksiyalariga egalik qilib, ulardan voz kechgach, endi «Liverpul» aksiyalarining bir qismini sotib olishni istamoqda.

Bxatiya — po‘lat sanoati orqali o‘ziga katta boylik orttirgan va «Po‘lat qiroli» nomini olgan milliarder Lakshmi Mittalning o‘g‘lidir. «Liverpul»ga egalik qiluvchi Fenway Sports Group kompaniyasi ushbu xabarni tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Financial Times nashri dunyoning eng kuchli klublaridan biri bo‘lmish «Liverpul»ning umumiy qiymatini 6 milliard funt sterlingdan ortiqroqqa baholamoqda. Jamoa o‘tgan mavsumni APLda beshinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Kiritildi: 14:25 22.07.2026. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!