Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hindistonda shifokorlar qo‘zg‘olon ko‘tardi

Hindistonda shifokorlar qo‘zg‘olon ko‘tardi

Hindiston shifokorlar assosiasiyasi 23 oktyabr kuni maoshlarini vaqtida olmagani uchun qo‘zg‘olon ko‘targan davlat kasalxonalarining shifokorlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar qilgan.

Assosiasiya bosh vazir Narendra Modiga koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan tibbiyot xodimlarining kompensasiyasini to‘lab berishni so‘rab ochiq xat yo‘llagan.

«Afsuski, epidemiya vaqtida qahramonlar va jangchilar sifatida ulug‘langan shifokorlar ushbu og‘ir davrda o‘z maoshlarini ham ololmayapti», – deyiladi Modi nomiga yo‘llangan ochiq xatda.

Assosiasiyaning fikricha, ushbu holat tibbiyot xodimlari uchun nihoyatda achinarli.

Hindiston koronavirus epidemiyasi bo‘yicha antirekord natijalari qayd etilayotgan dunyo davlatlarining beshligiga kiradi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 28 oktyabr holati bo‘yicha mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 8 millionga yaqinlashib qolgan, bir sutka davomida 43 893 kishida COVID-19 infeksiyasi borligi aniqlangan.

Kiritildi: 18:30 29.10.2020. O'qildi: 2469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!