Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatining 13 tumanida bo‘ron, do‘l va chaqmoq oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi TASS.
Yog‘ingarchilik qishloq aholi punktlari va qishloq xo‘jaligi infratuzilmasiga katta zarar yetkazdi. Uttar-Pradesh hukumati jabrlanganlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishini e’lon qildi.
Hindiston meteorologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, shimolda va mamlakatning boshqa hududlarida hafta oxirigacha kuchli yog‘ingarchilik davom etadi. G‘arbiy Maxarashtra shtatining bir necha tumanlarida kuchli yomg‘ir va soatiga 60 kilometr tezlikda esib turgan shamol tufayli qizil va to‘q sariq rangli ogohlantirish e’lon qilindi.