Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hindistonda erkak maymunlar tomonidan toshbo‘ron qilindi

Hindistonda erkak maymunlar tomonidan toshbo‘ron qilindi

Hindistonning Tikri shahrida maymunlar to‘dasining 72 yoshli erkakka g‘ishtlar bilan hujum qilishi erkakning o‘limiga olib keldi. Bu haqda Times of India'ga tayanib Kun nashri ma’lum qildi.

Shox-shabbalar terib yurgan erkak yaqin atrofdagi vayron binodan g‘ishtlarni olib, ularni daraxtlar tepasidan unga qarata uloqtira boshlagan maymunlar to‘dasiga yo‘liqqan.

Erkakning ukasining aytishicha, maymunlar uning akasiga 20 taga yaqin g‘isht uloqtirgan. Buning oqibatida qariya bosh va ko‘krak jarohatlari olib, shifoxonada jon bergan.

Erkakning oilasi polisiyaga maymunlar ustidan shikoyat qilgan, biroq tergovchilar bo‘lib o‘tgan voqeani baxtsiz hodisa deb topib, jinoiy ish qo‘zg‘atishmagan.

Mahalliy aholining shikoyat qilishicha, maymunlar ularning hayotini “do‘zah”ga aylantirgan. Ta’qidlanishicha, bunday voqealar butun mamlakat bo‘ylab sodir bo‘lib turadi va bunda maymunlarning muayyan bir turi – makaka-rezuslar sababchi hisoblanadi.

Hindiston udumlari va an’analariga ko‘ra, maymunlar muqaddas jonzotlar hisoblanib, hukumat tomonidan qo‘riqlanadi.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 14:35 22.10.2018. O'qildi: 1396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!