Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Hindistonda diniy bayram vaqtida pirotexnika omborida portlash yuz berdi, 150 kishi jarohat oldi

Hindistonda diniy bayram vaqtida pirotexnika omborida portlash yuz berdi, 150 kishi jarohat oldi

Hindiston janubidagi Kerala shtatida pirotexnika omborida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 150 kishi jabrlandi, ulardan sakkiz nafari og‘ir ahvolda.

India Today nashrining yozishicha, ombor yong‘in paytida Divali milliy bayrami munosabati bilan festival o‘tkazilayotgan hind ibodatxonasi yonida joylashgan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, pirotexnika omboridagi birinchi portlashlar mahalliy vaqt bilan soat 00:30 atrofida Anjuthambalam Veerarkavu ibodatxonasi yaqinida eshitilgan. Hodisa sabablari hozircha aniqlanmoqda. Sakkiz nafar ibodatxona xodimiga portlovchi moddalarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Yaralanganlar Kasaragod, Kannur va Mangalurudagi shifoxonalarda davolanmoqda.

Divali hindlarning asosiy bayramlaridan biri bo‘lib, u yaxshilikning yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishini anglatadi. U shuningdek, «Chiroqlar festivali» deb ataladi, chunki bu kunda sham yoqish, shuningdek, ichida olov va otashinlar bilan «osmon chiroqlarini» yoqish odat tusiga kiradi.

Kiritildi: 00:41 30.10.2024. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!