Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Hindistonda brilliantli niqoblar sotila boshladi

Hindistonda brilliantli niqoblar sotila boshladi

G‘arbiy Hindistonning Gujarat shahrida joylashgan zargarlik do‘koni oltin hamda brilliantlar bilan qoplangan himoya niqoblarini sotishni boshladi.

Do‘kon egasining so‘zlariga ko‘ra, mijozlardan biri to‘y uchun noyob niqoblar tayyorlashni so‘ragan. Dizaynerlar esa kelin va kuyovga mo‘ljallangan noyob aksessuarlarni yaratganlaridan so‘ng bunday niqoblarning keng qamrovli sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.

“Narxi 150 ming rupiy turuvchi shunday niqobimiz borki, uni tayyorlash uchun sariq oltin hamda Amerika brilliantlari kerak bo‘ladi. Yana bir niqob esa oq oltin va haqiqiy brilliantdan qilinib, narxi 400 ming rupiyni tashkil etadi”, deydi do‘kon egasi.

Ta’kidlanishicha, niqoblardagi brilliant yoki oltinlar mijozning xohishiga ko‘ra olib tashlanishi mumkin.

 

 

Kiritildi: 21:37 12.07.2020. O'qildi: 2671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!