Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Hindistonda 10 nafar chaqaloq yong‘indan halok bo‘ldi

Hindistonda 10 nafar chaqaloq yong‘indan halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi shifoxonalardan birining neonatal reanimasiya bo‘limida yong‘in kelib chiqdi. Natiajada o‘n nafar endi tug‘ilgan chaqaloq kuyib yoki achchiq tutundan bo‘g‘ilib jon berdi. Ushbu fojiali xabarni “Fox News” telekanali tarqatgan.

Yong‘in juma kuni kechqurun Uttar Pradesh shtati markazi Laknaudan 180 mil janubi-g‘arbda joylashgan Jansi tumanidagi Maharani Lakshmiboy tibbiyot kollejida sodir bo‘ldi.

O‘t o‘chiruvchilar yetib kelganda xonani alanga va tutun qoplagan edi. Qutqaruvchilar chaqaloqlar yoniga borish uchun derazalarni yorib o‘tishga majbur bo‘ldi. Guvohlar aytishicha, amaliyot yong‘in chiqqandan, taxminan, 30 daqiqa o‘tib boshlangan va evakuasiya jarayonini kechiktirgan.

Hindistonda 10 nafar chaqaloq yong‘indan halok bo‘ldi

– Favqulodda yordam xodimlari halokat vaqti palatada yotgan 49 chaqaloqdan 38 nafarini qutqara oldi, – deydi shtat Bosh vaziri o‘rinbosari Brajesh Pathak. – Jarohatlanganlarning 17 nafari turli klinika va xususiy shifoxonalarda davolanmoqda. Hozircha marhum go‘daklardan yetti nafarining shaxsi aniqlangan.

Yong‘in sababi hamon noma’lum. Uttar Pradesh Bosh vaziri Yogi Adityanath voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazishni buyurdi.

Oradan biroz o‘tib, mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi “yurakni vayron qiluvchi” voqea yuzasidan munosabat bildirdi.

Hindistonda 10 nafar chaqaloq yong‘indan halok bo‘ldi

– Begunoh farzandlarini yo‘qotganlarga chuqur hamdardlik bildiraman va xudodan ularga bu ulkan yo‘qotishni ko‘tarish uchun kuch berishini so‘rayman, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Baxtsiz hodisa shifoxonada ko‘rilgan xavfsizlik choralari haqida savollar tug‘dirmoqda. Jonlantirish bo‘limida o‘rnatilgan yong‘in signalizasiyasi, ota-onalar va guvohlar aytishicha, yong‘in payti faol ishlamagan. Kasalxona xodimlari tutun va yong‘in belgilarini ko‘rgandan keyingina harakatga tushgan.

Hindistonda 10 nafar chaqaloq yong‘indan halok bo‘ldi

– Agar xavfsizlikdan ogohlantiruvchi tizim ishlaganda, biz tezroq harakat qilib, ko‘proq odamlar hayotini saqlab qolishimiz mumkin edi, – degan yangi farzandidan ayrilgan ota Naresh Kumar.

Juda ko‘p yong‘in kuzatiladigan Hindistonda qurilish va xavfsizlik me’yorlari quruvchilar va aholi tomonidan tez-tez buziladi. Mamlakatda noto‘g‘ri texnik xizmat ko‘rsatish va yong‘inga qarshi tegishli vositalar yetishmasligi ham aksar holatlarda o‘limga olib keladi.

Kiritildi: Bugun 08:46. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!