Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Hindiston va Xitoy o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuv boshlandi

Hindiston va Xitoy o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuv boshlandi

Hindiston mudofaa vazirligi Xitoy qo‘shinlari bilan yangi to‘qnashuv haqida xabar berdi, deb yozadi Times of India.

"29 avgustdan 30 avgustga o‘tar kechasi Xitoy Xalq ozodlik armiyasi qo‘shinlari Sharqiy Ladakxdagi to‘qnashuvlar bo‘yicha harbiy va diplomatik uchrashuvlarda erishilgan avvalgi kelishuvni buzdilar va status-kvoni o‘zgartirish maqsadida provokasion harbiy harakatlarni amalga oshirdilar", - deyiladi xabarda.

Chushul-Moldo hududidagi hind zastavasidagi vaziyatni hal qilish uchun brigada qo‘mondonlari darajasida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning aholisi eng ko‘p ikki mamlakat - Hindiston va Xitoyni Makmagon chizig‘i deb nomlangan shartli chiziq ajratib turadi. Hindiston va Dalay Lama hukumati mavjud chegarani tan olishgan, ammo 1959 yildagi rasmiy diplomatik notada e’lon qilinganidek Xitoy buni tan olmagan.

Kiritildi: 14:57 31.08.2020. O'qildi: 3392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!