Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Hindiston Ukraina bo‘yicha Putin va Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi

A A A
Hindiston Ukraina bo‘yicha Putin va Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi

Hindiston Rossiya prezidenti Vladimir Putin va amerikalik hamkasbi Donald Tramp o‘rtasida Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha uchrashuv tashkil etishda yordam berishga tayyor. Bu haqda Hindistonning Rossiyadagi elchisi Vinay Kumar Valday xalqaro munozara klubining Rossiya-Hindiston konferensiyasi chog‘ida aytib o‘tdi .

“Hindiston kerak bo‘lsa, bu jarayonga ko‘maklashishga tayyor”, — dedi elchi jurnalistning Nyu-Dehli Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuvi uchun platforma taqdim etishga tayyormi yoki yo‘qmi degan savoliga.

Kumar, shuningdek, Hindiston Rossiya-Amerika munosabatlarini normallashtirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, "jahon sahnasidagi bunday asosiy o‘yinchilar o‘rtasida muloqot zarur".

Kiritildi: 15:41 27.01.2025. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!