Yakshanba kuni Hindiston rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Kipr bayrog‘i ostida harakatlanayotgan va bortida 11 nafar hind fuqarosi bo‘lgan savdo kemasining o‘qqa tutilishini yo‘l qo‘yib bo‘lmas holat deb atadi. Bu haqda Hindustan Times xabariga ko‘ra, Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
«Biz bugun ertalab Ummon qirg‘oqlari yaqinida GFS Galaxy tijorat kemasiga qilingan hujumni qoralaymiz. Bortdagi 11 nafar Hindiston fuqarosidan 10 nafari qutqarib qolindi, yana bir nafari bedarak yo‘qolgan», — deya nashr Hindiston TIV bayonotidan iqtibos keltiradi.
Gazetaning ta’kidlashicha, bayonotda hujumga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan Eron nomi tilga olinmagan.
Bayonotga ko‘ra, Hindistonning Ummondagi elchixonasi mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv operasiyasini olib bormoqda. Dehli Maskatga ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi va mintaqadagi savdo kemalari hamda fuqarolik infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatish, xalqaro suvlarda navigasiya erkinligini qayta tiklashni talab qildi.