Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Hindiston Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtata oladimi?

Hindiston Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtata oladimi?

Hindiston Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.

Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar Rossiya va Ukraina bilan doimiy aloqalar olib borayotganini va urushni tinch yo‘l bilan yakunlash bo‘yicha diplomatik harakatlarni amalga oshirayotganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, so‘nggi oylarda Hindiston avvalgidan faolroq ishtirok eta boshlagan va faqat urushni to‘xtatishga chaqirish bilan cheklanib qolmayapti.

Avval Hindiston harbiy harakatlarni tugatishga chaqirgan, biroq Rossiyani, jumladan BMTda ham, ochiq tanqid qilishdan o‘zini tiyib kelgan. Yaqinda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Vladimir Putinni mojaroni to‘xtatishga chaqirgan edi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ham Hindistonning tinchlik o‘rnatish jarayonidagi roli oshib borayotganini ijobiy baholagan.

Uning ma’lum qilishicha, Hindiston urushni to‘xtatish bo‘yicha taklif kiritgan to‘rt davlatdan biri hisoblanadi. Bu takliflarda tomonlarning energetika infratuzilmasiga hujumlarni o‘zaro to‘xtatishi hamda Qora dengizda normal kemachilikni tiklash masalalari ko‘zda tutilgan.

Sibiga Hindiston taklifini «qamrovli» deb atagan, ammo uning aniq tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Kiritildi: 20:05 05.10.2026. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!