Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi delegasiya Mudofaa vazirligida

A A A
Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi delegasiya Mudofaa vazirligida

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi delegasiya vakillarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa idora rahbarlari mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilib, xalqaro tinchlikni ta’minlash borasidagi hamkorliklarga ahamiyat qaratdilar.

Muzokaralar davomida oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish va soha sifatini yanada mustahkamlash yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Keng qamrovli muloqotdan so‘ng Hindiston harbiy delegasiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi.

Ular akademiya tarixi muzeyi va o‘quv-moddiy bazasi, shuningdek u yerda yaratilgan sharoilar, ob’ektlari, infratuzilmasi va o‘quv-tarbiyaviy jarayoni bilan tanishdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi va Hindiston Mudofaa boshqaruv kolleji o‘rtasida o‘rnatilgan videokonferens aloqa ushbu tashrifning muhim voqeasi bo‘ldi.

Ikki davlat Mudofaa vazirlari hamda ilmiy-pedagogik kadrlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borgan muloqotlari hamkorlikni rivojlantirishning, harbiy ta’lim, ilm sohasida tajriba va axborot almashuvning keng imkoniyatlarini ko‘rsatdi.

 

 

Kiritildi: 09:55 04.11.2019. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!