Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Hindiston hukumati ijtimoiy tarmoqlar nazoratini kuchaytirdi

Hindiston hukumati ijtimoiy tarmoqlar nazoratini kuchaytirdi

Hindiston hukumati strimming servislari va ijtimoiy tarmoqlarga fuqarolar hamda davlat organlari shikoyatlari nazoratini olib borish bo‘yicha qoidalarni joriy qildi. Bu haqda The Times of India xabar bergan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar hukumatning vakolatli organi yoki sud talabi bilan xabarning birlamchi manbasini oshkor qilish majburiyatini oladi. Bu qoida faqat Hindiston suvereniteti va hududiy yaxlitligiga xavf soluvchi xabarlar, davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, Hindistonning xalqaro munosabatlariga aloqador axborotlar yoki zo‘rlash yoxud behayolikni targ‘ib qilishga aloqador kontentlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Internetdagi bu kabi kontentlarni tartibga solishda uch bosqichli nazorat tizimi joriy etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarning ma’murlari platformalarda qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha mas’ul tayinlashi lozim, u Hindiston fuqarosi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga kelib tushayotgan shikoyatlar uchun mas’ul shaxs biriktirilib, u ularning 24 soat davomida qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishini tahlil qiladi.

Kompaniyalarda murojaatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni doimiy ravishda administrasiyaga taqdim qiladigan mas’ul ham bo‘lishi lozim. Mas’ullarning bog‘lanish manzillari, qabul kunlari va tartibi kompaniya saytida e’lon qilinishi shart.

Ikkinchi bosqichda internet-platformalar ustidan tushgan shikoyatlar nazorat organi tomonidan o‘rganiladi, ushbu idorani katta sudya yoki obro‘ga ega boshqa bir amaldor boshqaradi. U ijtimoiy tarmoqlar va muharririyatlar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.

Uchinchi bosqichda xabarlarni Axborot vazirligi nazorat ostiga oladi.

Shuningdek, qoidalarda mas’ul shaxslar shikoyatlarga javob beradigan yoki bahsli axborotni bloklaydigan muddatlar ham belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Durov Telegram’da huquq-tartibot idoralari xodimlari haqida ma’lumot beruvchi kanallarni blokladi

Avval Hindistondagi norozilik namoyishlari fonida hukumat talabiga binoan Twitter yuzlab akkauntlarni bloklab qo‘ygani xabar qilingandi.

Kiritildi: 19:02 26.02.2021. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!