Bugun 23 iyul, 2021 yil, juma

КИР

"Hech kim uddalamagan": Ronaldu yana rekord o‘rnatdi

"Hech kim uddalamagan": Ronaldu yana rekord o‘rnatdi

Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionatida rekord o‘rnatdi. Bu haqda "Sport-Ekspress" xabar bermoqda.

Hujumchi Vengriyaga qarshi Yevro-2020 birinchi davra o‘yinida maydonga asosiy tarkibda kirdi. Futbolchi uchun bu faoliyatidagi beshinchi Yevropa chempionati. Bunga qadar hech bir futbolchi Yevropa chempionatida 5 marta o‘ynamagan.

Ispaniyaning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas jamoaning beshta Yevropa chempionatiga da’vogarligiga kiritilgan, ammo ulardan faqat uchtasida maydonga tushgan.

Evroda o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha ham Ronaldu 22 ta o‘yin bilan yetakchilik qilmoqda. Germaniyaning sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger 18 uchrashuv bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 21:24 15.06.2021. O'qildi: 2959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!