Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Havaskor tarixchi - Putin Ikkinchi Jahon urushi tarixini qayta yozmoqchimi?

A A A
Havaskor tarixchi - Putin Ikkinchi Jahon urushi tarixini qayta yozmoqchimi?

"Vladimir Putin: Ikkinchi Jahon urushi 75 yilligining haqiqiy saboqlari" sarlavhali maqolaning ruscha tarjimasi Moskva vaqti bilan roppa-rosa yarim tunda "Rossiyskaya gazeta" da e’lon qilindi.

Maqolada Putin yaqinda Polsha bosh vaziri bilan sirtdan yuz bergan tortishuvda keltirgan asosiy tezislarini yana qaytaradi.

Bu bironta ham ilmiy jurnal nashr qilmaydigan havaskor tarixchining qarashlaridir.

Sergey Radchenko, Kardiff universiteti professori

Avval ham bo‘lgani kabi, Putin asosiy urg‘uni Polshaning nasistlar Germaniyasi bilan til biriktirgani haqidagi ayblov va Molotov-Ribbentrop paktini oqlashga qaratgan.

Putinning fikricha, Molotov-Ribbentrop pakti SSSR tomonidan Myunxen bitimiga qarshi o‘zini mudofaa qilish uchun qo‘yilgan majburiy qadam edi.

Kiritildi: 01:06 20.06.2020. O'qildi: 2432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik