Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden otasiga qarshi korrupsiya ayblovlarini tarqatishda Isroil bilan bog‘liq shaxslar ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

U bu haqda jurnalist Kendis Ouensga bergan intervyusida aytdi.

“Qarang, Isroil mudofaa kuchlarining iste’fodagi podpolkovnigi Gal Luft va AQSh Federal qidiruv byurosining sobiq xodimi Aleksandr Smirnov kimlar ekanini ko‘ring. Kongressda otamga qarshi korrupsiya ayblovlari bo‘yicha asosiy tayanch aynan shu ikki shaxsning bayonotlari bo‘ldi”, — dedi Hanter Bayden.

Uning fikricha, mazkur ayblovlarning tarqalishida Isroil bilan aloqador shaxslar muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 21:11. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!