Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Hantavirus: Germaniya Seul virusiga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etildi

Hantavirus: Germaniya Seul virusiga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etildi

Germaniyada yosh ayol xonaki kalamushidan hantavirus yuqtirib olgani qayd etildi. Bu haqda Sharite klinikasida ma’lum qilindi.

“Virus Osiyoda tarqalgan bo‘lib, Yevropaga kemalardagi yovvoyi kalamushlar orqali kirgan bo‘lishi mumkin. Avval bunday virus Germaniyada kuzatilmagan”, deb aytgan professor Yorg Xofmann.

Olimlarning taxminicha, virus aniqlangan xonaki kalamush xorijdan olib kirilgan. Virusni yuqtirib olgan ayolda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlangani sababli u intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan.

Ayolda o‘tkazilgan serologik tahlil taxminiy tashxis - hantavirus infeksiyasini tasdiqlagan. Olimlar ayolda aniqlangan hantavirus uning qaysi turiga mansubligini aniqlay olishmagan, biroq keyinroq maxsus molekulyar tashxislash usuli evaziga ayol va uning kalamushi Seul virusiga chalingani tasdiqlangan.   

“Virusning xonaki kalamushda aniqlanishi infeksiyaning bu jonzotlar savdosi orqali butun dunyo bo‘ylab tarqalishi mumkinligini anglatadi”, deb ta’kidlab o‘tishgan olimlar va kalamushlar egalarini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirishgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Seul virusi kemiruvchilardan odamlarga yuquvchi hantavirusning turlaridan biri hisoblanadi. Kasallikning og‘ir shaklida bemorlarda qon ketishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Kasallik belgilarsiz ham kechishi mumkin. Seul virusi odamdan odamga yuqmaydi va ayni vaqtda uni davolashning samarali usullari mavjud emas.

Kiritildi: 09:01 13.11.2020. O'qildi: 2012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!