Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Hamyurtimiz Chechenistonda tengsiz bo‘ldi

Hamyurtimiz Chechenistonda tengsiz bo‘ldi

Kirib kelgan Mavlid oyi munosabati bilan Checheniston Davlat universitetida mavjud fakultetlararo islomiy musobaqa tashkil qilindi. 

Bunda jami 10 ta fakultetdan 4 tadan ishtirokchi qatnashib, talabalarning Qur’onga va Payg‘ambar alayhissalomning siyratlariga doir, sahobalar hayoti hamda hadislarga oid bilimlari sinab ko‘rildi. Natijada Tibbiyot instituti talabalari boshqa fakultetlardan g‘olib kelib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Quvonarlisi – mazkur Tibbiyot instituti jamoasini yurtimizdan borgan o‘zbek talabalari tashkil qiladi. Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik 1-kurs talabasi Odil Rahimov Doniyor o‘g‘li 1-o‘rinni oldi. Barcha g‘oliblar faxriy yorliq hamda Mushaf bilan mukofotlanishdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 09:00 14.11.2018. O'qildi: 1394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!