Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

"Hammangni o‘ldiraman": 25 yoshli qiz samolyotda "shaytonlab qoldi" (video)

A A A
"Hammangni o‘ldiraman": 25 yoshli qiz samolyotda "shaytonlab qoldi" (video)

Angliyada, Meydenxedda yashovchi 24 yoshli qiz Londondan Turkiyaga ketayotgan samolyotda to‘polon ko‘tardi.
Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilgunga qadar qiz o‘zini xotirjam tutgan, deb yozmoqda "The Sun". Ammo samolyot yerdan ko‘tarilganida qiz boshqalarga xalal bera boshlagan. Uni tinchlantirishga urinishganida esa yanada tajovuzkor bo‘lib qolgan.
Oradan 45 daqiqa o‘tgach, u o‘rnidan turib, xavfsizlik eshigi tomon yugurdi va uni ochishga urindi. Lekin ikkita syuardessa uni ushlab qoldi. Qiz haydovchilar xonasiga kirishga uringanida esa passajirlardan biri uni polga yiqitdi. Qiz esa tipirchilab, to‘polon ko‘tarib, yo‘lovchilarga ularni o‘ldirish bilan tahdid qildi. Qizni zararsizlantirish uchun 6 kishi kerak bo‘ldi.


Ayni damda bu ish bilan polisiya shug‘ullanmoqda.

Kiritildi: 16:17 25.06.2019. O'qildi: 12008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!