Isroil harbiylari mamlakat rahbariyatini Husiylarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berishdan voz kechishga chaqirmoqda. Bunga sabab — Husiylar Saudiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kuchlarga jiddiy zarba berib, Bob-al-Mandab bo‘g‘ozi ustidan nazoratni kuchaytirgani aytilmoqda.
G‘azo va Livandagi kuchlardan farqli ravishda, Husiylar Isroil bilan bog‘liq dengiz qatnovini samarali izdan chiqarishi, shuningdek, Isroil manfaatlariga bevosita zarba berishi mumkin.
Shu bois, Haaretz yozishicha, Isroil mudofaa kuchlari rahbariyati «tahdidga nisbatan kengroq mintaqaviy javob» berishni, ya’ni Husiylarga qarshi boshqa davlatlar kurashishini ma’qul ko‘rmoqda. Nashr bunday yondashuvni Eron bilan mojaro misolida ham qo‘llangan strategiya sifatida baholaydi.