Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

G‘uzor tumanining sobiq hokimi yangi lavozimni egalladi

G‘uzor tumanining sobiq hokimi yangi lavozimni egalladi

Joriy yilning 10 aprel kuni Xalq deputatlari G‘uzor tumani kengashi yig‘ilishida tuman hokimi Sa’dulla Boboqulov salomatligidagi surunkali muammolar sabab vazifasidan ozod etilib, o‘rniga tuman prokurori lavozimida ishlab kelgan Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Uzoq muddatli muolajadan so‘ng, salomatligi tiklangan Sa’dulla Boboqulov viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, viloyat hokimi ham sessiyada ishtirok etib, S.Boboqulovga rahmat aytib, salomatligini tiklab, tez orada ishga qaytishiga tilak bildirgandi.

Kiritildi: 17:40 17.06.2020. O'qildi: 4350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!