Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Gubernator kubogi: Hasanboy Do‘smatov rossiyalik raqibini yengib finalga chiqdi

A A A
Gubernator kubogi: Hasanboy Do‘smatov rossiyalik raqibini yengib finalga chiqdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha gubernator kubogida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov finalga chiqdi.

Unga yarim finalda rossiyalik bokschi Umed Bobojonov raqiblik qildi.

Hasanboy butun jang davomida to‘liq ustunlik qildi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Zalda muxlislar o‘zbekistonlik bokschilarni shu darajada qo‘llab-quvvatlashmoqdaki, go‘yoki musobaqa O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgandek taassurot uyg‘onadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun shuningdek yana to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun jang o‘tkazadi.

 

Kiritildi: 15:37 29.05.2018. O'qildi: 1935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik