Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Guantanamo qamoqxonasining eng keksa mahbusi ozodlikka chiqarildi

A A A
Guantanamo qamoqxonasining eng keksa mahbusi ozodlikka chiqarildi

Guantanamo qamoqxonasidagi eng keksa mahbus bo‘lgan 73 yoshli pokistonlik Sayfullah Parach ozodlikka chiqarilgan.

«U 16 yildan ortiq vaqt davomida hibsda ushlab turildi», deydi uning advokati Shelbi Sallivan-Bennis.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Parach «Al-Qoida» terrorchilar guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan. Ammo sobiq tadbirkor terrorizmga aloqadorligini rad etib kelgan. Uzoq davom etgan mahkamalardan so‘ng uning bu jinoyatda aloqasi borligi isbotlanmagan. Parach 2003 yilda Tailandda hibsga olinib, 2004 yilda Guantanamoga joylashtirilgan edi.

Advokatning qo‘shimcha qilishicha, Parach yaqin bir necha oy ichida Pokistonga qaytadi.

Avvalroq Guantanamo qamoqxonasidagi eng xavfli jinoyatchilar saqlanadigan blok yopilgani haqida xabar berilgan edi. Qamoqxona xodimlari barcha mahbuslarni 7-lagerdan qo‘shni 5-lagerga ko‘chirishgan.

Joriy yilning fevral oyida AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Guantanamo qamoqxonasini yopish jarayonini boshlagani ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 10:01 20.05.2021. O'qildi: 3664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik