Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Gruziyadagi saylovlardagi qonunbuzarliklar YEI bilan vizasiz sayohatga tahdid solishi mumkin

Gruziyadagi saylovlardagi qonunbuzarliklar YEI bilan vizasiz sayohatga tahdid solishi mumkin

Gruziyadagi saylovlardagi qonunbuzarliklar Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz sayohatga tahdid solishi mumkin.

Evropa Ittifoqi mamlakatda bo‘lajak parlament saylovlari insofsiz o‘tkazilsa, Gruziya bilan vizasiz rejimni to‘xtatib turish masalasini ko‘rib chiqmoqda, dedi YEIning Tbilisidagi elchisi Pavel Gerchinskiy. «Barcha variantlar, jumladan, Gruziya uchun vizasiz rejimni vaqtinchalik to‘xtatib turish ham muhokamada», - deya aniqlik kiritdi u.

«Agar Gruziyadagi saylovlar erkin va adolatli deb tan olinmasa, YEI Belarusga nisbatan o‘xshash choralar ko‘rishi mumkin», dedi elchi Minskka qarshi 2020 yilda kiritilgan sanksiyalarni eslatib.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Josep Borrel Gruziyani «LGBT tashviqotini» taqiqlovchi qonundan voz kechishga chaqirgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:26. O'qildi: 154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!