Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Gruziya rasmiylari prezidentdan qutulmoqchi

Gruziya rasmiylari prezidentdan qutulmoqchi

Hukmron «Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya» partiyasi prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini qaytadan boshlaydi, dedi parlament raisi Shalva Papuashvili.

Bu qaror mamlakat prezidentining Gruziya konstitusiyasiga muvofiq hukumat bilan kelishib olinishi kerak bo‘lgan Fransiya, Germaniya, Belgiya va Polshaga xorijiy tashriflari bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Konstitusiyaviy sud prezidentning xorijga ruxsat etilmagan safarlari tufayli mamlakat bosh qonunini buzganini tasdiqlagan, biroq hukmron partiya impichmentni amalga oshirish uchun yetarlicha ovoz to‘play olmagan edi.

Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!