Gruziya Armaniston va Ozarbayjon bilan davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha ishlarni do‘stona tarzda amalga oshiradi. Bu haqda Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi, deb yozadi Armenpress.
Kobaxidze bu haqda yaqinda Gruziya va Ozarbayjon o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqargan David-Gareji monastiri masalasini muhokama qilayotganda aytdi, deb xabar beradi Armenpress Imedinews nashriga tayanib.
— Gareji masalasiga kelsak, biz chegarani delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha do‘stona tarzda faol ishlamoqdamiz. Bu masala bizga meros bo‘lib qolgan. Oldingi hukumat davrida vaziyat yanada murakkablashdi, chunki ular tegishli xaritalarga amal qilmadilar. Bu qanday tugaganini bilasiz. Biz do‘stona tarzda ishlamoqdamiz. Biz ham Ozarbayjon, ham Armaniston bilan do‘stona munosabatlarga egamiz. Shuning uchun ikkala davlat bilan ham chegarani delimitasiya va demarkasiya qilish zarur. Bu yo‘nalishdagi ishlar kelajakda to‘liq do‘stona muhitda davom etadi. Bu suveren davlatning pozisiyasi, — dedi Irakli Kobaxidze.