Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Grin kard borasida muhim ma’lumot e’lon qilindi

A A A
Grin kard borasida muhim ma’lumot e’lon qilindi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining rasmiy telegram kanalida Green Card lotereyasiga oid muhim ma’lumotni e’lon qildi.

Unda aytilishiga ko‘ra, Grin kardga anketasi bilan topshirilayotgan fotosuratlar 6 oydan eski bo‘lmasligi kerak, aks holda bunday anketalar hisobga olinmasligi mumkin.

“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Green Card lotereyasi dasturiga kiritiladigan fotosurat yangi yoki yaqinda olingan bo‘lishi shart. Olti oydan ko‘p muddat avval olingan fotosuratni topshirish dasturdan chetlatilishga, ya’ni diskvalifikasiyaga olib kelishi mumkin!”, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida O‘zbekiston Grin kard lotereyasida eng faol ishtirok etayotgan mamlakatlardan biri. Shuningdek O‘zbekiston fuqarolari uchun Grin kard lotereyasida eng ko‘p o‘rin berilgan.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 05:30 29.08.2018. O'qildi: 1315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik