Gresiya Milliy sog‘liqni saqlash tashkiloti (EODY) mamlakatda G‘arbiy Nil virusi tarqalishi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 19-26 avgust kunlari oralig‘ida mamlakatda virus yuqtirish bilan bog‘liq 75 ta yangi holat ro‘yxatga olingan.
Yil boshidan buyon Gresiyada ushbu infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarning umumiy soni 19 nafarga yetdi. O‘lim holatlarining 6 tasi aynan o‘tgan oxirgi hafta ichida qayd etilgan.