Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Gresiya polisiyasi qochqinlarni yechintirib, kaltakladi

Gresiya polisiyasi qochqinlarni yechintirib, kaltakladi

Gresiyaga noqonuniy yo‘llardan o‘tgani uchun polisiya tomonidan yechintirilib, so‘ng kaltaklangan bir guruh yamanlik va falastinlik qochqinlar Turkiyaga jo‘natib yuborilgan. Bu haqda CNN Türk xabar bermoqda.

Qochqinlar Edirna viloyati Uzunko‘prik tumanidagi Kiremitchi Solih qishlog‘idagi dalada topilgan. Qishloqdagilar ularni choyxonaga olib borib, isinib olishlarini ta’minlagan. Uylaridan kiyim-kechak olib kelib, ularni kiyintirgan. Shundan keyin qochqinlar jandarmeriyaga topshirilgan.

“Qochqinlarning tanalarida kaltak izlari bor edi. Nima bo‘lganini so‘raganimizda, grek polisiyasi kaltaklaganini aytishdi”, – deydi qishloq raisi Zakiy Otash. 

Manba: azon.uz

Kiritildi: 17:42 15.11.2018. O'qildi: 1228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!