Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Gorbunov ishi”ni Kreml o‘z nazoratiga oldi

A A A
"Gorbunov ishi”ni Kreml o‘z nazoratiga oldi

“Gorbunov ishi” haqiqatda shov-shuvli, Kreml uni diqqat bilan kuzatmoqda.

“Interfaks”ning yozishicha, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga shu haqda ma’lum qilgan. 

D.Peskovning aniqlik kiritishicha, Rossiya davlat rahbari maslahatchisi Anton Kobyakov “Gorbunov ishi”ga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi va uni o‘z nazoratiga oladi. 

Eslatib o‘tamiz, 7 iyun kuni "Meduza" internet nashri jurnalisti Ivan Gorbunov giyohvand moddani tayyorlash va saqlash ayblovi Moskva polisiyasi tomonidan qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgan edi. Jurnalistning o‘zi unga qo‘yilgan ayblovni rad etgan. “Gorbunov ishi” Rossiya jamoatchiligi noroziligini ham keltirib chiqargan. Ayni vaqtda Ivan Gorbunov uy qamog‘ida saqlanmoqda. 

Manba: uza.uz

 

Kiritildi: 05:45 11.06.2019. O'qildi: 1244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik