Google korporasiyasi Donald Trampning da’volariga javob berdi. Bu haqda NBC xabar bermoqda.
Google vakilining so‘zlariga ko‘ra, korporasiya Xitoy armiyasi bilan hamkorlik qilmaydi. Biroq AQSh hukumati, jumladan, Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Aytish kerakki, korporasiya kiberxavfsizlik, ish bilan ta’minlash va sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlanmalarni amalga oshiradi.