Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Gonkongda yo‘lovchi ayollarni uyatli holatda videoga olgan kirakash qo‘lga tushdi

Gonkongda yo‘lovchi ayollarni uyatli holatda videoga olgan kirakash qo‘lga tushdi

Gonkongda yo‘lovchi ayollarni yashirin kamera yordamida suratga olgan Uber taksi haydovchisiga hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post nashri.

2018 yilning sentyabrida polisiyachilar 44 yashar haydovchini alkogolga tekshirish uchun to‘xtatib, uning telefoni orqa o‘rindiqda uxlab yotgan yo‘lovchi ayolni ko‘rsatib turganini payqab qolishadi. Avtomobil tekshiruvdan o‘tkazilganida, old o‘rindiqning orqa tomonida ikkita kamera borligi aniqlanadi. Yashirin kameralar ayollarni uyatli holatda ko‘rsatadigan qilib joylashtirilgan bo‘lgan.

Uber kompaniyasi uxlab yotgan yo‘lovchi ayolning yo‘l xarajatlarini o‘z hisobidan to‘lab beradi. Ma’lum bo‘lishicha, erkak uxlab yotgan ayolni 13 marta videoga olishga ulgurgan. Shuningdek, erkakning telefonidan u manzillariga eltib qo‘ygan ayollar ishtirokidagi 870 ta rolik topilgan. Videolarning barchasi ayollar xabarisiz yashirin video yordamida suratga olingan bo‘lgan.

Joriy yil mart oyi boshida haydovchi jamoatchilik odoblarini buzganligi va lisenziyasi bo‘lmagan holda taksi haydaganini tan olgan. Erkak ayollarni o‘zi uchun suratga olganligini ta’kidlagan. Ma’lum bo‘lishicha, u 10 yildan buyon bo‘ydoqlikda hayot kechirgan. Erkakka sud tomonidan 2 ming gongkong dollari (taxminan 267 AQSh dollari) miqdorida jarima solingan va 2 oylik qamoq jazosi tayinlangan.


Kiritildi: 11:02 24.03.2019. O'qildi: 4175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!