Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Gollivud yulduzi AQSh prezidenti bo‘lishdan voz kechdi

Gollivud yulduzi AQSh prezidenti bo‘lishdan voz kechdi

Gollivud yulduzi Jorj Kluni BBC’ga bergan intervyusida o‘zining siyosiy ambisiyalari to‘g‘risidagi savolga javob bergan. Aktyorning hisoblashicha, unga prezident bo‘lish yoki boshqa siyosiy lavozimni egallash kerak emas, deb xabar beradi «Film.ru».

«Tinchgina yashaganim yaxshi. Bu yil 60 yoshga to‘ldim va rafiqam bilan umrimizning qolgan yillarini xotirjam o‘tkazishga qaror qildik… Shunday ekan, qolgan umrimni yaxshi o‘tkazish yo‘li haqida qayg‘uraman», — deydi Kluni.

Suhbatda, shuningdek, u AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydanning siyosatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, sobiq prezident Donald Trampni «to‘nka» deb atagan. Klunining o‘zi filmlarida bir necha bor siyosatchi rolini ijro etgan, masalan, «Mart kunlari» va «Xayrli tun va omad» kartinalarida.

Avvalroq Gollivudning taniqli aktyori Dueyn Jonson o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali AQSh prezidenti bo‘lish kabi imkoniyat tug‘ilsa, bundan faxrlanishini yozib qoldirgandi

Kiritildi: 03:00 18.10.2021. O'qildi: 2931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!