Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Gollandiyada Sovid-19 test markazi portlatib yuborildi

Gollandiyada Sovid-19 test markazi portlatib yuborildi

Niderlandiyaning shimolida joylashgan Bovenkarspel shahrida, 3 mart kuni koronavirus test markazida portlash yuz bergan.

Hudud qurshab olingan. Polisiya vakili Menno Xartenbergning Reyter agentligiga aytishicha, portlash qasddan qilingani ehtimolga yaqinroq.

"U yerda portlovchi vosita o‘rnatilgan bo‘lishi kerak", deya agentlik polisiyaning so‘zlarini keltirgan.

Ommaviy axborot vositalari voqea 17 martga belgilangan parlament saylovlari arafasida ro‘y berganiga, ular aslida hukumat pandemiya bilan kurashayaptimi yoki yo‘qmi, degan referendum sifatida qabul qilinishiga e’tibor qaratmoqda.

Kiritildi: 18:55 04.03.2021. O'qildi: 2186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!