Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Goal nashri «Real» tarixidagi eng yomon transferlar reytingini tuzdi

Goal nashri «Real» tarixidagi eng yomon transferlar reytingini tuzdi

Goal nashri «Real» tarixidagi eng omadsiz transferlar reytingini tuzdi.

1-o‘rindan ushbu yozda jamoani tark etadigan yarimhimoyachi Eden Azar o‘rin oldi. «Chelsi»dan 120 mln yevroga sotib olingan belgiyalik futbolchi Madrid klubida 4 mavsum davomida 76ta o‘yinda maydonga tushdi va yana shuncha bahsni jarohat sabab o‘tkazib yubordi.

Reyting quyidagicha:
1. Eden Azar – 120 mln yevro, 2019 yili sotib olingan;
2. Luka Yovich – 66 mln yevro, 2019 yil;
3. Jonatan Vudgeyt – 18,3 mln yevro, 2004 yil;
4. Kaka – 65 mln yevro, 2009 yil;
5. Elver Balich – 26 mln yevro, 1999 yil;
6. Xames Rodriges – 80 mln yevro, 2014 yil;
7. Nikolya Anelka – 34,5 mln yevro, 1999 yil;
8. Valter Samuel – 25 mln yevro, 2004 yil;
9. Robert Prosinechki – 15 mln yevro, 1991 yil;
10. Reynyer – 30 mln yevro, 2020 yio;
11. Pedro Leon – 10 mln yevro, 2010 yil;
12. Xavyer Saviola – tekinga, 2007 yil;
13. Antonio Kassano – 5 mln yevro, 2006 yil;
14. Royston Drente – 14 mln yevro, 2007 yil;
15. Jyulyen Fober – ijara, 2009 yil;
16. Danilo – 31,5 mln yevro, 2015 yil

Kiritildi: 22:09 05.06.2023. O'qildi: 3486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!