Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Goal Messini "Oltin to‘p-2026"ga da’vogarlar o‘nligiga kiritdi

Goal Messini "Oltin to‘p-2026"ga da’vogarlar o‘nligiga kiritdi

Goal portali jurnalistlari "Oltin to‘p-2026"ga da’vogarlar reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Myunxenning "Bavariya" klubi safida to‘p tepayotgan angliyalik markaziy hujumchi Xarri Keyn egallab turibdi.

Ikkinchi pog‘onada Norvegiya terma jamoasi va "Manchester Siti"ning yulduz hujumchisi Erling Xoland bormoqda. Kuchli uchlikni Fransiya terma jamoasi va "Real" yetakchisi Kilian Mbappe yakunlab berdi.

Undan keyingi o‘rinlarni Lamin Yamal ("Barselona"), Deklan Rays ("Arsenal"), Vitinya ("PSJ"), Maykl Olise ("Bavariya"), Luis Dias ("Bavariya"), Lionel Messi ("Inter Mayami") va Ashraf Hakimiy ("PSJ") egallagan.

Kiritildi: Bugun 16:26. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!