Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Global isish 2050 yilga borib yuz minglab inson o‘limiga sabab bo‘ladi

Global isish 2050 yilga borib yuz minglab  inson o‘limiga sabab bo‘ladi

Global isish tufayli haroratning ko‘tarilishi 2050 yilga borib yuz minglab qo‘shimcha inson o‘limiga olib kelishi mumkin, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

Janubiy Amerikadagi turli universitetlar olimlari global isishning jismoniy faollikka ta’sirini o‘rganish uchun 2000 -2022 yillar oralig‘ida 156 mamlakatdan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishdi.

Tadqiqotga ko‘ra, dunyo bo‘ylab jismoniy faollikning pastligi o‘rtacha harorat 27,8°S dan oshadigan oylarda o‘rtacha 1,44% ga oshadi. Bu ta’sir rivojlangan mamlakatlarga qaraganda past va o‘rta daromadli mamlakatlarda ko‘proq seziladi.

Jismoniy faollikning pasayishiga olib keladigan haddan tashqari issiqlik inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va 2050 yilga borib qo‘shimcha 470 000 tadan 700 000 tagacha o‘limga olib kelishi mumkin.

Olimlar shuningdek, bu holat mehnat unumdorligining yiliga 2,4–3,68 milliard dollarga pasayishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Tadqiqot mualliflari sog‘liqni saqlash va iqtisodiyotga tushadigan yukni kamaytirish uchun issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, iqlimga moslashtirilgan shaharsozlikni joriy etish, iqlim nazorati ostidagi sport inshootlarini subsidiyalash va aholini yuqori haroratning xavfi haqida keng xabardor qilish zarurligini ta’kidladilar.

Tadqiqot natijalari The Lancet ilmiy jurnalida chop etildi.

Kiritildi: Bugun 14:00. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!