Adolf Gitlerning foydalangan unitaz kelgusi hafta Merilend shtatida kim oshdi savdosida sotiladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Unitazning boshlang‘ich narxi 15000 funt sterlingga baholandi. Bu hojatxona o‘rindig‘ini Alp tog‘larida joylashgan Berghof qarorgohidagi Gitlerning shaxsiy hojatxonasidan amerikalik askar o‘g‘irlab ketgan.
Askar Ragnvald Borx fransuz armiyasi bilan birga Gitlerning uyiga birinchilardan bo‘lib borgan.
Borxning Nyu-Jersidagi uyi podvalida unitaz va boshqa bir nechta "esdalik sovg‘alari", shuningdek, urush paytidagi gazetalardan olingan unitazning Gitlerga tegishli ekanligini tasdiqlovchi fotosuratlar borligi ma’lum bo‘ldi.