Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Gitlerning noma’lum fotosuratlari topildi

Gitlerning noma’lum fotosuratlari topildi

AQSh arxiv va hujjatlar milliy boshqarmasi mutaxassisi Richard Shnayder Adolf Gitlerning 1270 dan ortiq suratlarini e’lon qildi, deya xabar qilmoqda Darakchi nashri.

Ushbu suratlar Gitlerning shaxsiy fotosuratchisi Genrix Gofman tomonidan tarixga muhrlangan.

Shnayder Gitlerning tasviri tushirilgan 41 mingdan ortiq shisha, fotoplastinkalarni qo‘ldan o‘tkazgan, ammo ularning ko‘plarini tiklay olmagan. Oqibatda Gitlerning noyob va ilgari noma’lum bo‘lgan suratlari tiklangan.

Xususan, fyurerning nemis ovcharkasi bilan suratga tushgan rasmi topilgan. Fotosurat 1923 yilga tegishli.

Gitlerning ushbu suratlari tez orada Internet tarmog‘iga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 14:09 22.04.2019. O'qildi: 4291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!